Mendora ilovasi
Referat, taqdimot, dars ishlanma va boshqa xizmatlar — telefoningizda. Bir martalik to‘lov, obunasiz.
Ilova tez orada
Ilova shu sahifada paydo bo‘ladi. Hozircha xizmatlardan mendora.tech saytida foydalanishingiz mumkin.
Qanday o‘rnatiladi
Faylni yuklab oling
«Ilovani yuklab olish» tugmasini bosing. Brauzer «Bu fayl zararli bo‘lishi mumkin» deb so‘rasa, «Baribir yuklab olish»ni tanlang.
Rasm tez oradaNoma’lum manbalarga ruxsat bering
Yuklangan faylni bildirishnomadan oching. Telefon «Noma’lum ilovalarni o‘rnatish» haqida so‘raydi: «Sozlamalar»ni bosing, brauzeringiz (masalan, Chrome) uchun ruxsatni yoqing va orqaga qayting.
Rasm tez oradaO‘rnating va oching
«O‘rnatish»ni, so‘ng «Ochish»ni bosing. Telegram orqali kiring — bor-yo‘g‘i bir necha soniya.
Rasm tez orada
Telefoningizga qarab
Xiaomi, Redmi, POCO
O‘rnatishdan oldin «Xavfsizlik» tekshiruvi chiqadi: bir necha soniya kuting va «Baribir o‘rnatish»ni bosing. Ruxsat so‘ralmasa: Sozlamalar → Maxfiylik himoyasi → Maxsus ruxsatlar → Noma’lum ilovalarni o‘rnatish → brauzeringiz → Ruxsat berish.
Samsung
«Avto bloklovchi» (Auto Blocker) yoqilgan bo‘lsa, fayl o‘rnatilmaydi: Sozlamalar → Xavfsizlik va maxfiylik → Avto bloklovchi → vaqtincha o‘chiring, o‘rnatib bo‘lgach yana yoqing. Ruxsat: Sozlamalar → Ilovalar → ⋮ → Maxsus kirish → Noma’lum ilovalarni o‘rnatish.
Google Play Protect
«Ilova tekshirilmagan» degan ogohlantirish chiqsa, «Batafsil» → «Baribir o‘rnatish»ni tanlang. Mendora Play Marketda emas, shuning uchun bu oddiy holat.
Yangilanishlar
Yangi versiya chiqqanda ilovaning o‘zi xabar beradi. Yangisi eskisining ustidan o‘rnatiladi: hisobingiz, hamyoningiz va buyurtmalaringiz saqlanib qoladi.
Xavfsizlik
Ilovani faqat mendora.tech saytidan yoki Mendora’ning rasmiy Telegram kanalidan yuklab oling. Boshqa joydan olingan fayl soxta bo‘lishi mumkin.