QISHKI TURNIR
Turnir qoidalari
Kuchga kiradi: 2026-yil 17-noyabr
1. Turnir haqida
«Qishki turnir» — Mendora Tech platformasining bepul aksiyasi. U 2026-yil 17-noyabr 00:00 dan 25-dekabr 20:00 gacha (Toshkent vaqti) o‘tadi. Tashkilotchi — «NEXT US» MChJ (Mendora Tech).
2. Kim qatnasha oladi
Mendora Tech akkauntiga ega har bir kishi veb-sayt, Telegram bot yoki Android ilova orqali qatnasha oladi. Qatnashish bepul. Bir odam faqat bitta akkaunt bilan qatnashadi. Mendora xodimlari va administratorlari qatnashmaydi.
3. Tanga
Tanga — turnir ichidagi ball. U pul emas: uni sotib olib, sotib, boshqa akkauntga o‘tkazib yoki pulga almashtirib bo‘lmaydi. Tanga faqat turnir vazifalari uchun beriladi va har bir o‘zgarish «Tanga tarixi»da ko‘rinadi.
4. Vazifalar
Hozir: kunlik DTM mashqi — kamida 10 ta savolga javob berilgan mashq uchun kuniga +40; kunlik sovg‘a; do‘stni taklif qilish. Do‘st «faol do‘st» bo‘lganda siz +100, do‘stingiz +50 oladi. Faol do‘st — havolangiz orqali turnir davomida yangi ochilgan, Telegram orqali telefon raqami tasdiqlangan va kamida bitta haqiqiy harakat qilgan akkaunt (kamida 10 ta javobli DTM mashqi yoki 2 xil kunda faollik). Do‘stlar soni cheklanmaydi; 5, 10, 25 va 50 faol do‘st uchun qo‘shimcha +100, +250, +600 va +1500 tanga. Bir kunda ko‘pi bilan 15 ta do‘st hisoblanadi, qolganlari keyingi kunlarga o‘tadi. Telegram kanal va Instagram vazifalari keyinroq qo‘shiladi va alohida e’lon qilinadi. Vazifa shartlari bajarilmay qolsa (masalan, kanaldan chiqilsa, post o‘chirilsa yoki do‘st soxta deb topilsa), tegishli tanga qaytariladi.
5. Reyting va g‘oliblar
Reyting tanga soni bo‘yicha tuziladi. Tanga teng bo‘lsa, shu miqdorga oldinroq erishgan qatnashchi yuqorida turadi. Turnir oxirida reytingdagi birinchi 150 kishi g‘olib bo‘ladi. Reytingda boshqa qatnashchilarning faqat qisqartirilgan ismi ko‘rsatiladi; telefon raqami va e-pochta hech qachon ko‘rsatilmaydi.
6. Sovg‘alar
1–10-o‘rin: 1 yillik Mendora Trends Pro va 50 000 so‘m (Mendora Tech hamyoniga). 11–100-o‘rin: 1 yillik Mendora Trends Pro. 101–150-o‘rin: 6 oylik Mendora Trends Pro. Hamkorlar qo‘shilgani sari sovg‘alar ro‘yxati to‘ldirilib boriladi. Hamyondagi so‘m Mendora Tech xizmatlariga ishlatiladi.
7. E’lon va topshirish
G‘oliblar 2026-yil 25-dekabr, 20:00 da (Toshkent vaqti) e’lon qilinadi. Sovg‘alar g‘olib akkauntiga avtomatik qo‘shiladi, Telegram bot orqali xabar yuboriladi. G‘olib telefon raqami bilan tasdiqlanishi mumkin.
8. Halollik
Soxta yoki bir nechta akkaunt, avtomatlashtirilgan harakatlar, tizimdagi xatodan foydalanish yoki boshqa qatnashchilarga zarar yetkazish aniqlansa, Mendora Tech tegishli tangalarni bekor qilish yoki qatnashchini turnirdan chetlashtirish huquqiga ega. 25-dekabr oldidan barcha vazifalar qayta tekshiriladi.
9. O‘zgarishlar va savollar
Mendora Tech qoidalarga aniqlik kiritishi mumkin; har qanday o‘zgarish shu sahifada e’lon qilinadi va allaqachon yig‘ilgan tangalarni kamaytirmaydi. Savollar bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing.